- - Fitch dunyo iqtisodiyotida YaIM qulashi haqidagi prognoz ikki baravarga yomonlashganini e’lon qildi

Fitch dunyo iqtisodiyotida YaIM qulashi haqidagi prognoz ikki baravarga yomonlashganini e’lon qildi

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi 2020-yilda global YaIMning qulashi haqidagi prognozini avvalgi taxmin 1,9 foizdan 3,9 foizgacha yomonlashganini ma’lum qildi. Agentlik xabarida ushbu hodisa hali umuman kuzatilmagan retsessiya ekanligi ta’kidlangan.

Fitch Ratings bosh iqtisodchisining aytishicha, prognoz qilinayotgan qulash 2009-yildagi retsessiyadan ikki baravar jiddiyroq bo‘ladi va Ikkinchi jahon urushidan keyingi eng kuchli inqirozga aylanadi. Agentlik iqtisodiyotning bu qadar keskin qulashiga dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusining tarqalishi sabab bo‘lganini qayd etgan.

“Hech bir mamlakat yoki hudud global pandemiyaning iqtisodiyotga ta’siridan qochib qutula olmadi”, — deyiladi Fitch xabarida.

Agentlikning hisob-kitobiga ko‘ra prognoz qilinayotgan qulash dunyo iqtisodiyotidagi daromadlarning 2019-yilda prognoz qilingandan 2,8 trillion AQSh dollari, shuningdek, pandemiya boshlanganida keyingi prognozdan 4,5 trillion dollarga qisqarishini anglatadi.

Fitch agentligining yangilangan prognozi bo‘yicha Rossiyada YaIM 2020-yilda 3,3 foizga, AQShda 5,6 foizga, Buyuk Britaniyada 6,3 foizga, Yevropa Ittifoqida 7 foizga qisqaradi. COVID-19’dan iqtisodiyoti jiddiy zarar ko‘radiga Yevropa davlati — Italiya (8 foiz) bo‘ladi.

“Ekstremal hajmda ish o‘rinlarining qisqarib borishi va o‘rta hamda kichik biznes korxonalarining kuchli bosim ostida qolgani inqirozdan keyin me’yoriy holatga qaytishni yanada sekinlashtiradi. Bizning prognozlarga ko‘ra, AQSh va Yevropa Ittifoqida YaIM ko‘rsatkichi virus tarqalishidan avvalgi davrdagi (2019-yilning uchinchi choragi) darajadan ham pastroq bo‘ladi va 2021-yil davomida ham ushbu raqamlar o‘zgarmasligi mumkin”, — deyilgan Fitch xabarida.

Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.