Главная - Новости - Oltin O‘zbekistonning bosh eksport mahsuloti bo‘lishda davom etmoqda

Oltin O‘zbekistonning bosh eksport mahsuloti bo‘lishda davom etmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi haqidagi hisobotini taqdim etdi. Unga ko‘ra 2020-yil yanvar-mart oylari davomida tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 3,3 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan va o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 374,7 million, ya’ni 10,9 foizga kamaygan.

Eksportning asosiy ulushi, ya’ni 29,8 foizi oltinga to‘g‘ri kelmoqda va bu qariyb 1 milliard AQSh dollarini tashkil qiladi. Keyingi o‘rinlarda material turiga qarab klassifikatsiyalanadigan sanoat tovarlari (18,7 foiz) va xizmatlar (18,6 foiz) qayd etilgan.


Hisobotda O‘zbekiston jahonning 150 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelayotgani, tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Rossiya Federatsiyasi (16,9 foiz), Xitoy (16,8 foiz), Qozog‘iston (8,3 foiz), Koreya Respublikasi (6,7 foiz), Turkiya (5,8 foiz), Qirg‘iziston (2,3 foiz) va Germaniyaga (2,1 foiz) to‘g‘ri kelishi qayd etilgan.

2020-yilning yanvar -mart oylari yakunida tovar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkor davlatlar tarkibida Rossiya Federatsiyasi (eksport umumiy hajmining 13,5 foizi), Xitoy (11,9 foiz), Turkiya (7,9 foiz), Qozog‘iston (5,6 foiz), Qirg‘iziston (4,6 foiz), Afg‘oniston (4,5 foiz) va Tojikiston (2,9 foiz) saqlanib qolgan hamda ularning eksportdagi umumiy ulushi 50,7 foizni tashkil etgan.

Tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha yettita asosiy hamkor davlat orasida yetakchi bo‘lgan Xitoy bir pog‘onaga tushishi hisobiga Rossiya Federatsiyasi eksportidagi ulushi bo‘yicha peshqadamlikni olgan.

Hamkor mamlakatlarning tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha geografiyasi 2019-yilning mos davriga nisbatan 127 davlatdan 137 davlatga ko‘paygan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.