- - Buyuk Britaniya ekspertlari karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning 2-to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirdi

Buyuk Britaniya ekspertlari karantin cheklovlarini tezda bekor qilish koronavirusning 2-to‘lqinini yuzaga keltirishi mumkinligidan ogohlantirdi

Buyuk Britaniyalik ekspertlarning ma’lum qilishicha, yangi turdagi koronavirus tarqalishining ikkinchi to‘lqini yuz berishi mumkin, shuning uchun mamlakatlar cheklov choralarini yengillashtirishda ehtiyot bo‘lishi kerak, bunda sog‘liqni saqlash tizimlari yangi bemorlarni qabul qila olish imkoniyati ham hisobga olinishi kerak. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Aprel oyida Yevropaning bir nechta davlati koronavirusga qarshi kurash uchun joriy qilingan cheklovlarni bosqichma-bosqich olib tashlash rejalari haqida ma’lum qildi. Xususan, Avstriya, Italiya va Ispaniyada aprel oyining o‘rtasida bir qator kompaniyalar va savdo tashkilotlarining ishini qayta boshlashga ruxsat etildi. Norvegiyada koronavirus sabab yopilgan bog‘chalar yana ochilmoqda. Chexiyada 14-apreldan boshlab xorijga chiqishga ruxsat berilgan, biroq xorijdan qaytgan fuqaro 14 kunlik karantinda bo‘lishi talab qilinadi.

“Vaksina paydo bo‘lguniga qadar kasallik har qanday mamlakatda uni yuqtirib olishi mumkin bo‘lgan ko‘plab odamlarga yuqaveradi. Cheklovlarni olib tashlashda sog‘liqni saqlash tizimlari kasallikning ta’siri va oqibatlarini yengishga qodir ekanligi hisobga olinishi kerak. To‘satdan va ko‘p sonli cheklovlarni olib tashlash faqatgina kasallik tarqalishining yangi to‘lqinini yuzaga keltiradi, buni Yaponiya misolida ko‘rish mumkin”, — deya ma’lum qilgan London universitet kollejining reanimatologiya kafedrasi mudiri Xyu Montgomeri.

“Agar bir kishining boshqalarga kasallik yuqtirishini ifodalovchi reproduktiv son — R’ning ko‘rsatkichi 1 kishidan pasaysa va ko‘rilgan choralar bu sonni mazkur darajada saqlab tura olsa, cheklovlarni yumshatishdan ma’no bor. Shunday ekan, agar cheklovlarning yumshatilishi yangi bemorlar sonini oshirsa, ijtimoiy masofalanish chorasi qayta tiklanishi mumkin. Har qanday yengillik — bu natijasi noma’lum tajriba”, — deb ta’kidlagan Sent-Endryus universitetining professori, Buyuk Britaniya hukumatining ilmiy masalalar bo‘yicha sobiq maslahatchisi Ian Boyd.


“Cheklov choralarining tezlik bilan olib tashlanishiga hali vaqtli, chunki infeksiyaning tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat qandayligi hozircha noma’lum. Ikkita ssenariy bo‘lishi mumkin”, — deb gapiradi Oksford universitetining biokimyo kafedrasi dotsenti Alfredo Kastello Palomares.
“Birinchi ssenariy — virus muhitda biz dastlab o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq turadi va bunda virus yuqtirganlar soni ham ko‘proq bo‘ladi. Demak, ko‘plab kishilarda allaqachon immunitet mavjud. Bunday odamlar virusning bundan keyingi tarqalishi yo‘lida o‘ziga xos devor bo‘ladi. Ikkinchi ssenariy — aholining kam qismigina virus yuqtirib olgan. Bunday vaziyatda virusning tarqalishiga to‘siq bo‘ladigan devor yo‘q va bunda virusning tez tarqalishi boshlanadi, ya’ni ikkinchi to‘lqin yuzaga keladi”, — deya olim voqealarning ehtimoliy rivojini tavsiflaydi. Uning qayd etishicha, asosiy cheklov choralari olib tashlangandan keyin ijtimoiy masofani, ish o‘rinlarida xavfsizlikni saqlashga imkon beradigan reja va aeroportlarda nazorat punktlari kerak bo‘ladi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.