Главная - Новости - Hindistonda aniqlangan yangi turdagi zaharli ilonga “Garri Potter”dagi Salazar Slizerin nomi berildi

Hindistonda aniqlangan yangi turdagi zaharli ilonga “Garri Potter”dagi Salazar Slizerin nomi berildi

Janubiy Gujarot universiteti xodimi Xarshil Patel boshchiligidagi hindistonlik gerpetologlar mamlakat shimol-sharqidagi Arunachal-Pradesh shtati bo‘ylab uyushtirilgan ekspeditsiya vaqtida yangi shaqildoq ilon turiga duch keldi, deb xabar beradi The Indian Express.

Olimlar ushbu ilon turini “Garri Potter” haqidagi filmlarning salbiy qahramonlaridan biri — Salazar Slizerin nomiga Trimeresurus Salazar deb nomladi. Hogvarts sehrgarlar maktabidagi fakultetlardan biri ham aynan uning sharafiga nomlangan. Adabiy-fantasik asarga ko‘ra, Slizerin ilonlar tilida gaplasha olgan va “Garri Potter” asarida ilonlarni tushuna oladigan eng mashhur personaj bo‘lgan.

Olimlarning tan olishicha, dastlab ular ushbu yangi turni Nagayna deb atash niyatida bo‘lgan, biroq buni keyingi turlar uchun saqlab qo‘yishga qaror qilgan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.