- - JSST vakili koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlarining hisob-kitobi qanday olib borilayotganini tushuntirdi

JSST vakili koronavirus bilan bog‘liq o‘lim holatlarining hisob-kitobi qanday olib borilayotganini tushuntirdi

COVID-19 bilan kasallanganlarning vafoti haqidagi hisob-kitoblar bemorda boshqa kasalliklar uchragan bo‘lsa ham koronavirusdan qayd etilgan, deb hisobga olinmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich ma’lum qildi.

“Bemor COVID-19 bilan kasallangan bo‘lsa va vafot etsa, u holda, albatta, o‘limga koronavirus sabab bo‘lgan deb hisoblanadi”, – deya ta’kidlagan Vuynovich “Exo Moskvi” radiokanalidagi efirda.

JSST vakili koronavirus bevosita o‘limga olib olib borgan holatlar, shuningdek, bemorlarda COVID-19’dan boshqa xastaliklar ham uchragan vaziyatlar kuzatilayotganini tan oldi. Vuynovichning qo‘shimcha qilishicha, epidemiya ortda qolganidan keyin ushbu masala qayta o‘rganiladi.


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-martda koronavirus infeksiyasining tarqalishini butun dunyoda pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan. Jons Hopkins universiteti ma’lumotlari bo‘yicha, 21-aprel holatiga ko‘ra butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2,5 milliondan oshib ketgan. Pandemiya boshlanganidan beri kasallikdan vafot etganlar esa 171,8 ming nafarni tashkil qilgan.Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.