- - Shiftda ham harakatlana olishi aytilayotgan Brabham BT62 giperkariga oid tafsilotlar oshkor qilindi

Shiftda ham harakatlana olishi aytilayotgan Brabham BT62 giperkariga oid tafsilotlar oshkor qilindi

“Formula-1” poygalarining uch karra g‘olibi Jek Brebemning o‘g‘li Devidga tegishli Brabham Automotive kompaniyasi 2018-yilda o‘zining ilk loyihasini — BT62 giperkarini taqdim etgandi. Oradan qariyb ikki yil o‘tib, kompaniya ushbu giperkar aerodinamikasi haqida ayrim ma’lumotlar bilan bo‘lishishga qaror qildi. Masalan, ikki eshikli mashina mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, giperkar soatiga 265 kilometr tezlikda shiftda ham harakatlanishi mumkin, deb xabar beradi Motor.

Brabham BT62’ni yaratishda gidrodinamik hisoblash usullaridan (CFD) keng foydalanilgan bo‘lib, bu avtomobil atrofidagi havo oqimlarini vizual ravishda aks ettirishga imkon bergan. Kompyuterda olingan ma’lumotlar haqiqiy test natijalari bilan solishtirilganida modelning aniqligi va olingan qiymatlar to‘g‘riligi o‘z isbotini topgan. O‘z navbatida, CFD-model keyinchalik giperkar aerodinamikasini optimallashtirish asosiga aylangan. Natijada qiyaliklari havo oqimi bosimini kamaytirib, avtomobilning orqa va oldida kuchli bosim zonalarini hosil qiladigan kerakli shaklga ega kuzov yaratilgan.

Simulyatsiyadan ko‘rish mumkinki, splitter bilan to‘qnashuvdan keyin havo radiatorlarni sovutish kanallari va bamper qirqimlari orqali tashqariga chiqib, kuzov yonlari bilan qiya yo‘naltirilmoqda. Old qirrasida esa kuchli bosim zonasi shakllanib, mashinani yanada kuchliroq pastga bosishga imkon beradi.

BT62 tag tomonidan to‘liq kompozitsion materiallar bilan qoplangan, markaz qismida esa aerodinamik bosim statik og‘irlik markaziga yaqinlashadi, bu esa katta tezlikda ham burilishlarni amalga oshirishga imkon beradi.



Yo‘l sharoitida maksimal bog‘lanishni ta’minlashda bosim kuchi katta rol o‘ynaydi. Xususan, uning asosiy qismini orqa antiqanotlar hosil qiladi. Ushbu elementning aerodinamik sifati 5:1 ga teng, ya’ni old tarafdagi har bir Nyuton qarshilik kuchini u besh Nyuton pastga bosish kuchlanishiga aylantiradi.

Soatiga 300 kilometr tezlikda giperkar 1600 kilogramm ekvivalent bosim hosil qiladi, old va orqa o‘qidagi egilish mos ravishda 8 hamda 18 millimetrga yetadi. Muhandislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, BT62 soatiga 265 kilometr tezlikda “oyog‘i osmonga qaragan” holda harakatlanishi mumkin.


Hozirda Brabham BT62’ning uchta versiyasi taqdim etildi: Ultimate Track Car, oddiy yo‘llarga mo‘ljallangan Road Compliant Conversion va poyga variant — Competition.

Modellarga 710 ot kuchiga ega 5,4 litrli V8 atmosfera dvigateli o‘rnatilgan. Uzatmalar qutisi — olti pog‘onali Holinger.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.