- - Italiya bosh vaziri Yevropa Ittifoqini 2008-yildagi xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi

Italiya bosh vaziri Yevropa Ittifoqini 2008-yildagi xatolarni takrorlamaslikka chaqirdi

Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte Yevropa Ittifoqini koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq favqulodda vaziyat paytida 2008-yildagi moliyaviy inqiroz vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar takrorlanishidan ogohlantirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Yevropa Ittifoqi va yevrohudud 2008-yildagi moliyaviy inqiroz vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolarni takrorlamasligi kerak, o‘shanda umumiy javob berishning uddasidan chiqilmagan edi. Bu o‘zimizga ravo ko‘ra olmaydigan xavf, chunki kerakli va jasoratli javob topishdagi muvaffaqiyatsizlik Yevropa Ittifoqi loyihasining o‘ziga jiddiy zarar yetkazishi mumkin edi”, — deya bayonot qilgan bosh vazir.

Shu sababli Konte ayni paytdagi favqulodda holatdan chiqish bo‘yicha yechimlarning muhimligini ta‘kidlab o‘tgan. Mazkur yechimlar Yevropa Ittifoqining navbatdagi sammitida qabul qilinishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur forum hal qiluvchi bo‘lmaydi, biroq unda Yevropada COVID-19 pandemiyasi yuzaga kelgan inqirozni yengib o‘tish uchun aniq yo‘nalishlar belgilab olinishi kerak.

Ayni paytda dunyo bo‘yicha COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 2 470 000 kishidan oshgan, 170 mingdan ortiq kishi vafot etdi, 645 mingdan ortiq bemor tuzaldi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.