Главная - Новости - Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatidagi eng qiyin uchrashuvlarni aytdi

Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatidagi eng qiyin uchrashuvlarni aytdi

Sobiq FIFA hakami, hozirda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov hakamlik faoliyatidagi eng qiyin o‘yinlarni aytib o‘tdi.

— Faoliyatingiz davomida boshqargan eng qiyin va esda qolarli o‘yin qaysi?

— Hakamlik faoliyatim davomida eng qiyin uchrashuvlar bu 2010-yilgi Jahon Chempionati yarim finalidan o‘rin olgan Niderlandiya — Urugvay va 2018-yilgi mundialdagi Xorvatiya — Argentina uchrashuvlari. Agar eng esda qolgan o‘yinni eslasam, bu albatta JCh—2010 ochilish uchrashuvi, Janubiy Afrika Respublikasi va Meksika terma jamoalari o‘rtasidagi bahs.

— Ravshan Ermatov hakamlikka qaytadimi?

— Bilasiz, davlatimiz rahbari tomonidan futbolga, umuman sportga qo‘yilayotgan talablar juda yuqori. Ayni vaqtda bizga topshirilgan mas’uliyatli vazifalarga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etyapmiz. Shu sababli, referilikka qaytish haqida hozir o‘ylamayapman.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.