- - Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2025 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 2025 kishiga yetdi

Qozog‘istonda 22-aprel holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 2025 kishiga yetdi. Bu haqda Davlat komissiyasining tezkor shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishi boshlanganidan buyon 19 kishi virus qurboniga aylangan, shuningdek, 489 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Nur-Sulton — 401;
Olmaota — 680;
Qizilo‘rda viloyati — 151;
Atirau viloyati — 82;
Qarag‘anda viloyati — 101;
Oqmo‘la viloyati — 83;
Olmaota viloyati — 55;
Turkiston viloyati — 66;
Jambil viloyati — 76;
Aqto‘be viloyati — 27;
Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 30;
Chimkent — 103;
Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 11;
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 72;
Pavlodar viloyati — 37;
Ko‘stanay viloyati — 34;
Mang‘istov viloyati — 16 ta holat.
Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 16-aprel kuni joriy etilgan favqulodda holat rejimini aprel oyining oxiriga qadar uzaytirgani haqida xabar berilgandi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.