- - Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 612 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 612 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 22 ta holat qayd etildi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha so‘nggi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Bishkek — 10;
Chuy viloyati — 2;
O‘sh shahri — 4;
O‘sh viloyati — 1;
Jalolobod viloyati — 4;
Norin viloyati — 1 ta.
Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 bilan kasallanganlarning jami soni 612 kishini tashkil etmoqda. Kasallikka chalinish holatlari, asosan, O‘sh viloyatida qayd etilgan — 151 kishi. Undan keyingi o‘rinda Bishkek (133 kishi) va Jalolobod viloyati (109 kishi) joylashgan.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, o‘tgan bir sutka ichida koronavirus aniqlangan 38 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda statsionarlarda 351 bemor davolanmoqda, ulardan 5 nafari jonlantirish bo‘limida.

Qirg‘izistonda pandemiya boshlanganidan buyon 7 kishi COVID-19 qurboniga aylandi. Hozirga qadar 254 davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.