Главная - Новости - AQShda koronavirus qurbonlari soni 45 ming kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 45 ming kishidan oshib ketdi

22-aprel Toshkent vaqti bilan soat 10:00 holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 45 063 kishiga yetdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Kasallik qurbonlarining qariyb uchdan bir qismi Nyu-York shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda — 14 887 kishi. Shaharga qo‘shni bo‘lgan Nasso ma’muriy okrugida COVID-19 oqibatida 1390 kishi vafot etgan. Qurbonlar soni bo‘yicha uchinchi o‘rinda Michigan shtatining Ueyn shahri ketmoqda — 1278 kishi.

Eslatib o‘tamiz, 20-aprel kuni AQShda bir sutka ichida 1433 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 825 ming kishidan oshib ketdi. Mamlakat COVID-19 bilan kasallanganlar bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda ketmoqda. Butun dunyoda esa koronavirus bilan kasallanganlar 2,5 milliondan oshdi. AQSh ortidan Ispaniya 204 ming bemor bilan o‘rin olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda — Italiya (qariyb 184 ming) joylashgan.


Avvalroq Tramp AQShda koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishib, shtatlar hukumatiga bu borada mustaqil qaror qabul qilishga ruxsat bergandi. Ta’kidlanishicha, hozirda AQShda koronavirusni davolash bo‘yicha 70 dan ortiq usullar sinovdan o‘tkazilmoqda.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.