- - Niderlandiyada koronavirus sabab professional futbol musobaqalari sentabrga qadar taqiqlandi

Niderlandiyada koronavirus sabab professional futbol musobaqalari sentabrga qadar taqiqlandi

Niderlandiya hukumati koronavirus sabab 1-sentabrga qadar mamlakatda professional futbol musobaqalari o‘tkazishni taqiqlab qo‘ydi.

Football Oranje nashrining xabar qilishicha, o‘yinlar hatto tomoshabinlarsiz stadionda ham o‘tkazilmaydi. Avvalroq Niderlandiyaning turli shaharlari rahbarlari musobaqalarni va yangi mavsum boshlanishini 1-sentabrga qadar to‘xtatish fikri bilan chiqqandi.

Shu tariqa Erediviziyaning joriy mavsumi muddatidan avval yakunlanishi mumkin. Endi Niderlandiya futbol ittifoqi UEFA bilan Yevrokuboklarda qaysi jamoalar ishtirok etishi borasida kelishuvga erishishi kerak. Avvalroq mamlakat chempionati 2020-yilning iyun oyidan davom ettirilishi mumkinligi xabar berilgandi.

Niderlandiya chempionati koronavirus pandemiyasi sabab 26-turga kelib to‘xtab qolgan. Musobaqa jadvalida 25 o‘yinda 56 ochko jamg‘argan “Ayaks” peshqadamlik qilmoqda. Xuddi shuncha ochko yiqqan AZ klubi ikkinchi o‘rindan joy olgan.

22-aprel holatiga Niderlandiyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 34 mingdan oshdi. 4 ming nafarga yaqin odam vafot etgan, tuzalganlar soni 914 kishini tashkil etmoqda.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.