Главная - Новости - Tramp immigrantlarning AQShga kirishi ikki oyga to‘xtatilganini ma’lum qildi

Tramp immigrantlarning AQShga kirishi ikki oyga to‘xtatilganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga kiruvchi immigrantlar oqimi kamida 60 kunga to‘xtatilganini ma’lum qildi, deb xabar beradi Financial Times.

Trampning fikricha, bu koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz oqibatida ishsiz qolgan amerikaliklarni himoya qilishga yordam beradi.

“Immigratsiyaning to‘xtatilishi amerikalik ishsizlarga Amerika iqtisodiyoti ochilishni boshlaganida ularga navbat bo‘yicha birinchi bo‘lishga yordam beradi. Virus sabab ishdan bo‘shatilgan amerikalik o‘rniga xorijlik ishchining qabul qilinishi to‘g‘ri emas va nohaqlik bo‘lgan bo‘lardi”, — deydi Tramp.

Tramp bu boradagi tegishli qaror 22-aprel kuni imzolanishini ma’lum qilgan. Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hujjatda istisnolar ko‘rsatilgan bo‘ladi, shu sababli ma’lum bir toifadagi odamlar mamlakatga kira oladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari shular jumlasidan.

Keyingi ikki oy davomida hukumat mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni baholaydi va migratsiya oqimi borasida tegishli qarorni qabul qiladi.

Avvalroq Rossiyaning Xalqaro ishlar bo‘yicha kengashi dasturiy direktori Ivan Timofeyev immigratsiyani to‘xtatish borasidagi qaror o‘z ortidan jiddiy o‘zgarishlarni olib kelmasligini ma’lum qilgandi.

Ayni paytda AQSh koronavirusga chalinganlar va undan vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi. Mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 825 ming kishidan oshgan, 75 mingdan ortiq bemor tuzalgan, 45 mingdan ortiq odam vafot etgan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.