Главная - Новости - Ukrainada koronavirusga chalingan bemorni davolashning bir kunlik narxi ma’lum qilindi

Ukrainada koronavirusga chalingan bemorni davolashning bir kunlik narxi ma’lum qilindi

Ukrainada koronavirusga chalingan bemorning kasalxonada davolanishi narxi kuniga 11 dollardan 370 dollargacha borishi mumkin. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Irina Mikichak ma’lum qildi.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, davolash narxi bemorning holatiga, kasallik shakliga, shifokor tomonidan tanlanadigan davolash usuliga bog‘liq.

Uning qo‘shimcha qilishicha, davolash ishlari hukumat tomonidan ajratiladigan tibbiy subvensiya hisobidan amalga oshiriladi, aprel oyidan boshlab davolash ishlari Ukraina Milliy xizmatining tibbiy kafolatlar dasturi hisobidan moliyalashtiriladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainada koronavirusga chalingan 5710 nafar bemor qayd etilgan, kasallikdan 359 kishi tuzalgan, 151 kishi vafot etgan.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatning “omon qolish” rejimiga o‘tishini e’lon qilgan edi. Shuningdek, Zelenskiy Ukrainada koronavirusga qarshi vaksinani yaratgan odamga kamida 1 million dollar mukofot berishini va’da qilgan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.