- - Komi, Yoqutiston va Murmansk Rossiyadagi koronavirusning jiddiy o‘choqlariga aylangani ma’lum qilindi

Komi, Yoqutiston va Murmansk Rossiyadagi koronavirusning jiddiy o‘choqlariga aylangani ma’lum qilindi

Rossiyaning Komi va Yoqutiston respublikalari va Murmansk viloyati koronavirusning jiddiy o‘choqlariga aylangan. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.


Tatyana Golikovaning ma’lum qilishicha, kasallikning kechishi mamlakatning turli hududlarida turlicha bo‘lmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 20-aprel kuni qilgan bayonotiga ko‘ra, Rossiyada koronavirus tarqalishi davom etmoqda, biroq cheklov choralari tufayli jarayonni sekinlashtirishga muvaffaq bo‘lingan. Putinning qayd etishicha, kasallikning eng yuqori cho‘qqisi hali oldinda turibdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 47 121 kishiga yetgan. Kasallikdan 405 kishi vafot etgan, 3446 kishi tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq Moskvada koronavirusga chalinganlarni davolash uchun donorlik qilganlarga haq to‘lanishi va uning miqdori ma’lum qilingan edi. Moskva meri o‘rinbosari Anastasiya Rakova esa shaharda kasallik yaqin 2-3 haftada o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini aytgan edi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.