- - Turkiyada o‘rgimchak odam paydo bo‘ldi. U keksalarni oziq-ovqat bilan ta’minlamoqda (foto)

Turkiyada o‘rgimchak odam paydo bo‘ldi. U keksalarni oziq-ovqat bilan ta’minlamoqda (foto)

Marvel’ning eng mashhur qahramonlaridan biri — o‘rgimchak odam koronavirus pandemiyasi davrida Turkiyaning Antaliya shahrida haqiqiy ma’nodagi qahramonga aylandi, deb yozadi Daily Sabah.

Nashrning yozishicha, Burak Soylu ismli erkak o‘rgimchak odam kostyumida keksa kishilarning uylari balkoniga chiqib, ular bilan suhbatlashib, odamlarga nima kerakligini aniqlamoqda. Keyin esa ularga kerakli mahsulotlarni olib kelib bermoqda.

“Mening super qobiliyatim — jamiyatga yaxshilik qilish. Shuning uchun ham odamlarga kerakli narsalarni olib kelib bermoqdaman”, — degan o‘rgimchak odam — Burak Soylu.

Antaliya shahri aholisi o‘rgimchak odam paydo bo‘lganidan mamnunligini bildirgan. “Bugun u menga sut va non olib keldi. Biz uni yaxshi ko‘ramiz”, — deydi mahalliy aholi vakillaridan biri.



Ma’lumot uchun, Turkiyada koronavirusga chalinish holati ilk marta 10-mart kuni qayd etilgan. Shundan so‘ng kasallanganlar soni tez ko‘paya boshladi. 20-aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusdan kasallanganlar soni 90 mingdan oshib ketdi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.