Главная - Новости - Putin AQSh va Italiyaga nima uchun insonparvarlik yordami jo‘natganini tushuntirdi

Putin AQSh va Italiyaga nima uchun insonparvarlik yordami jo‘natganini tushuntirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan va mamlakatdagi sanitar-epidemiologik vaziyat muhokamasiga bag‘ishlangan majlisda hukumat tomonidan COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash olib borayotgan davlatlarga yordam ko‘rsatilishi bir tomonlama harakat yo‘li emasligini ta’kidladi. Bu haqda “RBK” xabar bergan.

Putin Xitoyga fevral oyida 2 millionta tibbiyot niqobi yuborilganidan keyin ma’lum fursat o‘tgach, XXRdan javob tariqasida 150 millionta niqob va 2 millionta himoya kombinezoni qabul qilib olinganini misol qilib keltirgan. RF prezidentining so‘zlariga ko‘ra rossiyalik harbiylarning COVID-19’ga qarshi kurashda Italiyaga yordamini va bu boradagi hamkorlik ham o‘z samarasini berayotganini qayd etdi.

“Biz Italiyaga harbiy sohadagi tibbiyotchilarni, tibbiyot uskunalarini yubordik, shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining fuqarolik idoralaridan ham xodimlar jo‘natilgan. Shu munosabat bilan ushbu hamkorliklar bir tomonlama emasligini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Bu bir tomonlama harakatlanadigan yo‘l emas. Italiyadan qon bosimini o‘lchash qurilmalarini xarid qilyapmiz, usiz Rossiyada o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlarini ishlab chiqarib bo‘lmaydi”, — degan Rossiya prezidenti.

Vladimir Putinning aytishicha AQShga tibbiyot texnikasi va COVID-19’ga qarshi kurashda asqatadigan muhim vositalarning harbiy transport samolyotida yuborilishi ham beiz ketmagan.

“Samolyot Nyu-Yorkka qo‘nganining ertasiga amerikalik hamkorlar bilan o‘pkani sun’iy nafas oldirish uskunalarini ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan havo bosimini o‘lchovchi mayoqchalarni Rossiyaga olib kelish bo‘yicha kelishuv imzoladik”, — deya vaziyatga baho bergan Putin.

16-aprelda AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga o‘pkani sun’iy nafas oldirish uskunalarini yetkazib berishda ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.


20-aprel holatiga ko‘ra oxirgi bir sutka ichida Rossiyada COVID-19 yuqtirib olish bo‘yicha 4268 ta holat qayd etilgan, 44 nafar kishi kasallik oqibatida vafot etgan. Putin videokonferensaloqa tarzida o‘tgan navbatdagi majlisda ham koronavirus epidemiyasi hali o‘z cho‘qqisiga chiqmaganini bildirgan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.