- - Amerikaning WTI markali neft narxi musbat qiymatga qaytdi

Amerikaning WTI markali neft narxi musbat qiymatga qaytdi

Amerikaning WTI neft markasini may oyida yetkazib berish borasidagi fyucherslar narxi musbat qiymatga qaytdi. NYMEX birja savdolarida neft narxi 1,40 dollarga qimmatlashgan. WTI’ning iyun oyidagi fyucherslari esa — 21,33 dollarga qadar ko‘tarilgan, deb xabar beradi “RBK”.


Brent neftini iyun oyida yetkazib berish fyucherslari Londondagi ICE birjasida barreli uchun 25,39 dollardan savdolashilmoqda.

20-aprel kuni WTI’ning aprel fyucherslari narxi nolga qadar tushib ketib, tarixda birinchi bor manfiy qiymatga yetgan edi: kotirovkalar bir barrel uchun -37,63 dollarga yetgan.

Avvalroq neft bozorida WTI markasidagi neftning yaqin oradagi fyuchersining qiymati -315,87 foizga tushib ketgani, ya’ni barrel uchun minus 39,44 AQSh dollariga baholangani haqida xabar berilgandi.

Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.