Главная - Новости - Tramp immigrantlarning AQShga kirishini vaqtincha taqiqlovchi qarorni imzolaydi

Tramp immigrantlarning AQShga kirishini vaqtincha taqiqlovchi qarorni imzolaydi

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus tarqalishiga qarshi kurash doirasida Qo‘shma Shtatlarga immigratsiyani vaqtincha taqiqlashini ma’lum qildi. Bu haqda Amerika yetakchisi o‘zining Twitter’dagi sahifasiga yozib qoldirgan.

“Ko‘rinmas dushmanning hujumi vaqtida, shuningdek, Amerika fuqarolarining ish joylarini himoya qilish zarurati doirasida Qo‘shma Shtatlarga immigratsiyani vaqtincha to‘xtatish borasidagi qarorni imzolayman”, — deb yozadi Tramp.

O‘tgan hafta Tramp AQShda karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich bekor qilinishini ma’lum qilib, shtatlar hukumatiga bu borada mustaqil qaror qabul qilishga ruxsat bergandi. Rejaga ko‘ra, dastlab maktablar, barlar va boshqa muassasalar yopiq bo‘ladi, restoran va kinoteatrlar tashrif buyuruvchilar uchun ijtimoiy masofaning qat’iy o‘lchovlarini ta’minlasa ochilishi mumkin.

AQSh Mehnat vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan hafta ishsizlik nafaqasini olish uchun 5,2 million amerikalik ariza bergan. So‘nggi bir oy ichida mamlakatda 20 milliondan ortiq odam ish joyidan ayrilgan, pandemiyaga qadar ishsizlik nafaqasini 2 milliondan kamroq odam olib kelgan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.