- - Rossiyada banklarda pulni naqdlashtirish mart oyi boshida sezilarli darajada o‘sgani ma’lum qilindi

Rossiyada banklarda pulni naqdlashtirish mart oyi boshida sezilarli darajada o‘sgani ma’lum qilindi

Rossiyadagi bankomatlar va banklar bo‘limlarida mart oyi boshida taxminan 1 trillion rubl (13,6 milliard AQSh dollar) hajmidagi naqd pul berilgan. Bu haqda Rossiya Markaziy bankidagi manbalariga tayanib, Bloomberg agentligi xabar berdi.

Agentlik e’lon qilgan chizmaga ko‘ra, aprel oyi boshida bank bo‘limlari va bankomatlardan 326,9 milliard rubl berilgan. Avval Rossiya Markaziy banki mart oyida naqd pul hajmi 700 milliard rublga o‘sgani, bank sektorining likvidlik tuzilmaviy profitsiti esa 1,5 trillion rublga pastlaganini ma’lum qilgandi. Bloomberg bankomatlar va bank bo‘limlari 700,9 milliard rublni kupyura tarzida berganligiga aniqlik kiritgan. Ushbu ma’lumotlarni hisobga olganda, rossiyaliklar jami 1,026 trillion rubl olishgan.

“Rayffayzenbank” tahlilchisi Denis Porivay Bloomberg’ga bergan intervyusida aholining karantin davrida banklar ishlamasligi yuzasidan xavotiri ushbu ko‘rsatkichlarga sabab bo‘lgan. Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra odamlar oziq-ovqat mahsulotlarini to‘plashni boshlagani uchun ham mablag‘larini naqdlashtirgan.

Agentlik ham Rossiyada kunlik pul naqdlashtirish ko‘rsatkichining o‘sib borishi prezident Vladimir Putinning koronavirus sabab joriy etilgan chora-tadbirlar haqidagi murojaati e’lon qilingan davrga to‘g‘ri kelayotganiga e’tibor qaratgan. Bloomberg bergan ma’lumotlarga ko‘ra, pul yechish Putinning 1 million rubldan ko‘p jamg‘armasi borlardan 13 foizlik soliq olinishi haqidagi gaplaridan keyin keskin ko‘tarilgan. Keyingi to‘lqin esa RF davlat rahbarining karantinning 30-aprelgacha surilishi haqida e’lon qilgan davriga to‘g‘ri kelgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.