- - Ferrari sun’iy nafas oldirish apparatlari uchun tarkibiy qismlarni ishlab chiqarishni boshladi

Ferrari sun’iy nafas oldirish apparatlari uchun tarkibiy qismlarni ishlab chiqarishni boshladi

Italiyaning Ferrari avtomobilsozlik kompaniyasi koronavirusga qarshi kurash doirasida sun’iy nafas oldirish apparatlari uchun klapan va mahkamlagichlarni ishlab chiqarishni boshladi.

Termoplastik tarkibiy qismlarni ishlab chiqarish Maranellodagi zavodning avtomobil prototiplarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi bo‘limi tomonidan yo‘lga qo‘yildi.

Ta’kidlanishicha, tayyor bo‘lgan mahsulotlar favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish idorasiga, u yerdan shifoxonalarga yuboriladi.


Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo 18-aprel kuni shifokorlarga yordami uchun Ferrari’ga minnatdorchilik bildirdi.

“Ferrari koronavirusga qarshi kurashda va italiyaliklar hayotini saqlab qolishda o‘z ko‘nikmalaridan foydalanmoqda. Biz kompaniya mamlakatni qayta oyoqqa turib olishiga yordam ko‘rsatayotganidan g‘ururlanamiz”, — deb yozadi TIV rahbari o‘zining Facebook’dagi sahifasiga.

Avvalroq Lamborghini, Airbus va Apple kompaniyalari himoya niqoblarini ishlab chiqarishni boshlagani haqida xabar berilgandi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.