- - Kanadada sodir bo‘lgan otishma oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Kanadada sodir bo‘lgan otishma oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Kanadaning Yangi Shotlandiya provinsiyasidagi Portapik shahrida sodir bo‘lgan otishma oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBC telekanali xabar berdi.

Huquq-tartibot idoralari ushbu holatni terrorizm bilan bog‘lamayapti. Halok bo‘lganlar orasida 23 yoshli politsiya xodimi ham bor, shuningdek, yana bir huquq-tartibot organi vakili jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18-aprel kuni 51 yoshli Gabriel Uortman Portapikda otishma uyushtirgan. Avvalroq politsiya mergan qo‘lga olinganini ma’lum qilgan bo‘lsa, keyinroq u halok bo‘lganini bildirdi.

Erkak politsiyachilarniki kabi mashinada, politsiya formasiga o‘xshash kiyimda bo‘lgan. Biroq Uortman huquq-tartibot organi xodimi bo‘lmagan va uning mashina nomeri xizmat avtomobillarinikidan farq qilgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.