- - Dunyoning ayni damdagi eng yaxshi darvozabonlari reytingi e’lon qilindi

Dunyoning ayni damdagi eng yaxshi darvozabonlari reytingi e’lon qilindi

FourFourTwo portali jahonning ayni damdagi eng yaxshi 10 nafar darvozabon nomini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, “Atletiko” posboni Yan Oblak birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Joriy mavsum 27 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining 27 uchrashuvida qatnashib, o‘z darvozasidan 21 ta gol olib chiqdi.

Ikkinchi o‘rindan “Liverpul” darvozaboni Alisson Bekker o‘rin olgan bo‘lsa, kuchli uchlikni “Barselona” golkiperi Mark-Andre ter Shtegen yakunlab bergan.

FourFourTwo talqiniga ko‘ra jahonning eng yaxshi 10 darvozaboni:

Yan Oblak (“Atletiko”)
Alisson (“Liverpul”)
Mark-Andre ter Shtegen (“Barselona”)
Tibo Kurtua (“Real”)
Keylor Navas (PSJ)
Peter Gulachi (“Leypsig”)
Samir Handanovich (“Inter”)
Manuel Noyer (“Bavariya”)
Ederson Morayes (“Manchester Siti”)
David de Xea (“Manchester Yunayted”).
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.