- - Shveysariya armiyasiga mo‘ljallangan yo‘ltanlamas g‘ildirakli uyga aylantirildi (foto)

Shveysariya armiyasiga mo‘ljallangan yo‘ltanlamas g‘ildirakli uyga aylantirildi (foto)

Shveysariya armiyasi qurollanishidan o‘rin olgan 1993-yilgi Puch 230 GE g‘ildirakli uyga aylantirildi. Mashina ichida karavot, shuningdek, rakovina va mikroto‘lqinli pechga ega oshxona joylashgan. G‘ildirakli uyni 69 ming yevro evaziga xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Puch markasi ostidagi G-Class o‘tgan asrning oxirlarida Mercedes-Benz modellar kabi Avstriyadagi Gratse zavodida ishlab chiqarilgan. 2020-yilning boshida Lorinser Classic nemis kompaniyasi bir necha o‘nlab Puch yo‘ltanlamaslarini qayta jihozlash uchun qabul qilib olgan. Mebel va oshxonasiz kemperning narxi 15,5 ming yevro atrofida.


Puch bazasidagi 1993-yilgi 230 GE ancha qimmatroq turadi. Baland tom va jihozlangan makondan tashqari, unga dunyoning qadimiy xaritasi tasviri tushirilgan plyonka yopishtirilgan. Shuningdek, salonda biror nimani saqlash uchun ko‘plab qutilar va mayda predmetlar uchun organayzerlar mavjud.


Avtomobil 87,4 kilometr masofa bosgan bo‘lib, uni 116 ot kuchiga ega 2,3 litrli motor harakatga keltiradi.

Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.