- - Qulupnaydan 5 daqiqada tayyor bo‘ladigan salat

Qulupnaydan 5 daqiqada tayyor bo‘ladigan salat

May oyida qulupnay mavsumi boshlanadi, bu esa ushbu mazali mevadan turli yeguliklar tayyorlash uchun ayni muddao. Muzqaymoq, desert va shirinliklardan tashqari qulupnaydan salat tayyorlash mumkinligini bilarmidingiz? Yo‘q bo‘lsa quyidagi retsept orqali mazali salat tayyorlashingiz mumkin.


Birinchi bo‘lib smetana, limon sharbati, sut va shakar qo‘shib aralashma tayyorlang.
Yong‘oqni tovaga 1-2 daqiqaga qo‘ying, keyin esa pichoq bilan maydalang.
Salat bargini qo‘lingiz bilan bo‘laklarga bo‘ling va tarelkaga soling.
Qulupnayni kesing va uni salat bargli tarelka ustiga soling.
Uning ustidan smetanali aralashmani quying.
Yong‘oq qo‘shing va dasturxonga torting.

Salat bargi
Qulupnay — 300 gramm
Yong‘oq — 50 gramm
Smetana — 3 osh qoshiq
Sut — 1 piyola
Shakar — 1 osh qoshiq
Limon sharbati — 1 choy qoshiq
Tayyorlanish jarayoni:

Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.