- - Xitoyda bir sutka ichida 16 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda bir sutka ichida 16 kishida koronavirus aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 16 ta holat qayd etildi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan bir sutka ichida COVID-19 bilan kasallangan birorta ham bemor vafot etmagan. Hozirda mamlakatda 1041 kishi koronavirusdan davolanmoqda, 85 nafar bemor og‘ir ahvolda.

Epidemiya boshlanganidan buyon Xitoyda koronavirus bilan 82,7 mingdan ortiq odam kasallandi, ularning 1,5 ming nafardan ortig‘i chetgan kirib kelganlar. Virus oqibatida 4632 kishi vafot etdi, 77 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq Xitoy o‘z hududida koronavirus epidemiyasi to‘xtaganini e’lon qilgandi. Keyinchalik mamlakat bosh epidemiologi Xitoyda koronavirusning ikkinchi to‘lqini sodir bo‘lishi ehtimolini baholadi. COVID-19’ni davolash bo‘yicha Shanxaydagi ekspertlar guruhi a’zosi insoniyat yoz faslida koronavirus pandemiyasidan butkul qutula olmasligini, noyabr oyida kasallikning yangi to‘lqini yuzaga kelishi mumkinligini aytdi. Nobel laureati koronavirus Uxanda laboratoriya sharoitida yaratilgan bo‘lishi mumkinligini bildirdi. Xitoyning Rossiyadagi elchisi Chjan Xanxuey esa koronavirusning manbasi Xitoyda ekanligiga shubha qilmoqda.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.