- - Tramp Pekinni koronavirusga oid faktlarni yashirgani uchun javobgarlikka tortishga va’da berdi

Tramp Pekinni koronavirusga oid faktlarni yashirgani uchun javobgarlikka tortishga va’da berdi

Xitoy hukumati koronavirus haqidagi real ma’lumotlarni yashirgani aniqlansa, buning uchun javob berishi kerak. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan brifing vaqtida ma’lum qildi.
“Agarda ular (Xitoy hukumati — tahr.) faktlarni yashirgani aniqlansa, buning oqibati bo‘lishi kerak”, — deydi Tramp.

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Pekin qasddan xatoga yo‘l qo‘ymagan. “Xatolik bo‘lib turadi”, — deya oydinlik kiritgan Tramp. Shu bilan birga, bu ma’lumotlarni yashirish kabi qo‘rqinchli emasligini qayd etgan.

AQSh administratsiyasining koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha koordinatori Debor Birkning ma’lum qilishicha, AQSh hukumati Xitoyning COVID-19 bilan kasallanganlar va qurbonlar soni, shuningdek, kasallik tarqalishiga oid ma’lumotlari haqiqatdan uzoq deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining oxirlarida pandemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy esa o‘z hududida koronavirus tarqalishini to‘xtatganini ma’lum qilgandi. Avvalroq esa Xitoy hukumati Uxandagi koronavirus qurbonlari soniga aniqlik kiritib, aslida COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 1290 kishiga ko‘p ekanligini bildirdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 83 ming kishidan oshgan, 4636 kishi vafot etgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.