- - “Chelsi” futbolchilari maoshlarining 30 foiz qisqartirilishiga qarshi chiqdi

“Chelsi” futbolchilari maoshlarining 30 foiz qisqartirilishiga qarshi chiqdi

“Chelsi” rahbariyati jamoa futbolchilari bilan maoshlarni kamaytirish masalasida kelisha olmayapti, deya xabar qilmoqda The Telegraph.

Londonliklar koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan inqiroz paytida futbolchilarni maoshning 30 foizidan voz kechishga chaqirgan, biroq o‘yinchilar maoshning faqat 10 foizga qisqarishiga rozi bo‘lgan. Futbolchilar nomidan jamoa sardori Sesar Aspilikueta rahbariyat bilan uchrashgan va o‘yinchilar maosh 10 foiz qisqarishiga rozi ekanini bildirgan.

Avvalroq “Arsenal” yil davomida futbolchilar maoshini 12,5 foizga kamaytirishi va bu borada Premyer Liga klublari ichida birinchi bo‘lishi xabar qilingandi.

Ayni vaqtga kelib Angliya chempionati koronavirus sabab to‘xtab qolgan. Musobaqaning 29-turiga kelib “Liverpul” eng yaqin ta’qibchisini 25 ochkoga ortda qoldirgan holda peshqadamlik qilmoqda. “Chelsi” esa 29 o‘yinda 48 ochko to‘plab, 4-o‘rinda ketmoqda.

Buyuk Britaniyada 18-aprel holatiga koronavirus yuqtirib olganlar soni 108 mingdan oshdi. 14,5 ming nafardan ziyod kishi virus oqibatida vafot etgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.