- - Facebook pandemiya tufayli yana bitta “layk” turini kiritdi

Facebook pandemiya tufayli yana bitta “layk” turini kiritdi

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilar uchun yana bir “layk” turini kiritdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

“Yoqdi” tugmasining yangi turi yurakcha ushlab turgan smaylik ko‘rinishida bo‘lib, kompaniya ushbu g‘amxo‘r layk (care reaction) koronavirus pandemiyasi paytida odamlarning bir-birga hamjihatligini yanada yaxshiroq ifodalashga yordam berishiga umid qilgan.

U ijtimoiy tarmoqning kompyuter versiyasida va mobil ilovasida keyingi haftadan boshlab paydo bo‘ladi. Shuningdek, messenjerda ham yana bir reaksiya turi — animatsiya ko‘rinishidagi urib turuvchi yurak kiritilishi ma’lum qilingan.

Facebook ilovasi rahbari Fidzi Simoning so‘zlariga ko‘ra, ushbu yangi kiritmalar koronavirus pandemiyasi tugaganidan keyin ham qolish-qolmasligi odamlar undan qanday foydalanishiga bog‘liq.

Eslatib o‘tamiz, Facebook 2016-yilda oddiy “layk”ga 5 ta: yurakcha, kulayotgan, yig‘layotgan va hayron qolgan emojini qo‘shgan edi. Bungacha foydalanuvchilar ayrim postlarga, masalan, noxush xabarlarga “yoqdi” bosish noo‘rin bo‘lishidan shikoyat qilgandi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.