- - Kaliforniyada mast haydovchi bitta uyga ikki xil mashinada uch marotaba to‘qnashdi

Kaliforniyada mast haydovchi bitta uyga ikki xil mashinada uch marotaba to‘qnashdi

Kaliforniya shtatining San-Rafael shahrida mast haydovchi o‘zining Ford Mustang’ida uylardan biriga urilib, uy egasining Toyota RAV4 mashinasida voqea joyidan yashirinishga urindi. Bu vaqt ichida u o‘zganing xususiy mulkiga uch marotaga shikast yetkazishga ulgurgan, deb xabar beradi Motor.

Birinchi zarbani yopiq garajga kirish joyidagi to‘siq “qabul qilib olgan”. Taxminlarga ko‘ra, haydovchi Mustang boshqaruvini yo‘qotgan va to‘siqni yorib o‘tgan. Mashinani ortga haydash o‘rniga u oldinga harakatlanib, devorga urilgan bu — ikkinchi zarba.

Shovqinni eshitib tashqariga chiqqan uy egasi Mustang haydovchisi spirtli ichimlik yoki giyohvand modda ta’sirida ekanligini ko‘rgan. Erkakdan mashina kalitlarini olib qo‘yib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Biroq jinoyatchi huquq-tartibot organlari xodimlarini jimgina kutib o‘tirishni istamagan — u uy egasiga tegishli Toyota RAV4 mashinasining kalitini o‘g‘irlab, qochishga uringan. Biroq u pedallarni yana chalkashtirib yuborgani sabab orqaga harakatlanish o‘rniga uy devoriga urilgan. Bu uchinchi zarba hisoblanadi.

Uy egasi yana kalitni olib qo‘ygan, haydovchi esa uni kaltaklagan. Bu vaqtda voqea joyiga yetib kelgan politsiya erkakni qo‘lga olgan. Mast haydovchiga nisbatan bir qator ayblovlar e’lon qilingan: YTH joyidan qochishga urinish, o‘zganing shaxsiy mulkigiga zarar yetkazish va kaltaklash.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.