Главная - Новости - “Dembele “Barselona”ni tark etadigan vaqt keldi” — Rivaldo

“Dembele “Barselona”ni tark etadigan vaqt keldi” — Rivaldo

“Barselona” sobiq hujumchisi Rivaldo kataloniyaliklar hujumchisi Usmon Dembele haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Dembeleni sotish vaqti keldi. U kutilgan natijani ko‘rsatish uchun ayrim o‘yinlarda yaxshiroq harakat qilishi mumkin edi. Dembele uchun eng yaxshi yo‘l — jamoani tark etish.

“Barselona” bir nechta futbolchisidan qutulishi kerak. Buning evaziga Neymar va Lautaro Martines uchun joy ochiladi”, — deydi Rivaldo.

Braziliyalik sobiq futbolchining fikricha Dembeleda ulkan salohiyat bor, biroq vinger ko‘p jarohat olishi sabab undan foydalana olmayapti.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.