- - Koronavirus sabab Xitoy yalpi ichki mahsuloti rekord darajaga — qariyb 7 foizga quladi

Koronavirus sabab Xitoy yalpi ichki mahsuloti rekord darajaga — qariyb 7 foizga quladi

Xitoy yalpi ichki mahsuloti 2020-yilning birinchi choragida 6,8 foizga tushib ketdi, bu 1976-yildan buyon kuzatilgan ilk kamayish hisoblanadi. Bu haqda Xitoy milliy statistika byurosiga tayanib, South China Morning Post xabar berdi.
Reuters’ning yozishicha, Xitoy YaIMining 6,8 foizga qisqarishi mamlakat 1992-yili YaIMni chorak hisobida rasman hisoblashni boshlaganidan buyon birinchi marta kuzatilmoqda.

Bundan tashqari, NBS ma’lumotlariga ko‘ra, mart oyida mamlakat iqtisodiyoti kuchli bosim ostida bo‘lgan. Ayniqsa, sanoat sektori, chakana savdo va asosiy investitsiyalar jabr ko‘rgan. Chakana savdo yanvar va fevral oyida qayd etilgan rekord darajadagi qulash — 20,5 foizdan keyin 15,8 foziga qisqargan, asosiy kapitalga kiritiluvchi investitsiyalar esa 16,1 foizga tushib ketgan.

Xitoyda ishsizlik darajasi mart oyida 5,9 foizga yetgan. Biroq SCMP’ning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlarni hisoblashda xorijda mehnat qiluvchi migrantlar hisobga olinmagan, ular koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlar sabab Xitoyga qaytib kela olmagan.

Fevral oyi oxirida Pacific Investment Management Co.(PIMCO) Xitoy yalpi ichki mahsuloti koronavirus tufayli 2020-yilning birinchi choragida 6 foizga qisqarishini taxmin qilgandi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.