- - Rossiyalik shifokorlar amerikalik olimlarning COVID-19 bo‘yicha tadqiqot xulosalariga baho berdi

Rossiyalik shifokorlar amerikalik olimlarning COVID-19 bo‘yicha tadqiqot xulosalariga baho berdi

Rossiyalik infeksionistlar Eurekalert’da chop etilgan tadqiqotlar xulosasiga baho berdi, deb xabar beradi “RBK”. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, AQShdagi Sintsinati univeristeti olimlari COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda tumov bo‘lmasligini, lekin ta’m bilish qobiliyati yo‘qolishi mumkinligini ta’kidlagan. Ushbu alomat kasallikning dastlabki bosqichidagi asosiy belgilaridan biri bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

“Bu haqda xitoylik, yevropalik olimlar ham yozgandi, biz ham amaliyotda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlarda ORV va grippdagi kabi tumov yo‘qligini guvohi bo‘lyapmiz. COVID-19 bilan kasallanganlarning so‘laklarida buzilish kuzatiladi, bu shishni keltirib chiqaradi va oqibatda ta’m sezish qobiliyati zaiflashadi”, — deya ta’kidlagan Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti infeksionist-vrachi Galina Kojevnikova.

Olimaning aytishicha, ta’m sezish qobiliyati barchada birdek yo‘qolayotgani yo‘q, taxminan 30 foiz bemorlarda kuzatilmoqda.

“Bu yagona va asosiy simptom emas. Istitma ko‘tarilishidan tashqari, kasallikning asosiy belgisi bu — yo‘tal, qiynalib nafas olish va holsizlik. Yo‘tal ko‘p hollarda quruq bo‘ladi, lekin pnevmoniya darajasidagi ayrim vaziyatlarda quruq bo‘lmasligi ham mumkin. Bu ko‘pincha kasallikning keyingi bosqichlarida kuzatilmoqda”, — deydi Kojevnikova.

Mavzuga doir: “Koronavirus chekuvchilar uchun o‘ta xavfli”. Rossiyalik tibbiyot fanlari doktori izohi

Yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Ilya Akinfiyevga ko‘ra koronavirus infeksiyasida tumovning umuman bo‘lmasligi asossizdir.

“Aslini olganda koronavirus infeksiyasining asosiy belgisi bu — isitma, tana haroratining ko‘tarilishi. Ikkinchisi — quruq yo‘tal. Pnevmoniyada quruq yo‘talning kuzatilishi odatiy holat. Uchinchi belgi bu — organizmda intoksikatsiya kuzatilishi: bosh og‘rishi, mushaklarda og‘riqlar kuzatilishi”, — degan shifokor.

Akinfiyev kasallik turlicha o‘tishi, hatto tumov bilan yoki burunda hech qanday o‘zgarishsiz shaklda ham kuzatilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan. Shifokor buning koronavirus yoki u emasligini faqat tahlillar olinganidan keyingina aniq aytish mumkinligini qayd etgan.

“COVID-19’ning simptomlar kuzatilmaydigan shakli ham uchrayotganini unutmaslik lozim, ya’ni kasallik tashuvchisi bo‘lgan inson o‘zi koronavirus yuqtirganini bilmasligi va uni atrofdagilarga yuqtirishda davom etishi ham mumkin”, — degan yuqumli kasalliklar shifokori.

Avval JSST vakili Margaret Harris COVID-19’ning yagona yaqqol belgisi bu tana haroratining keskin ko‘tarilishi ekanini aytib o‘tgandi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.