Главная - Новости - Italiyada mavsum 27-mayda “Yuventus”—“Milan” uchrashuvi bilan qayta boshlanishi mumkin

Italiyada mavsum 27-mayda “Yuventus”—“Milan” uchrashuvi bilan qayta boshlanishi mumkin

A Seriya kengashi koronavirus pandemiyasi sabab to‘xtab qolgan mavsumni may oyi oxirida Italiya Kubogi yarim final javob uchrashuvlari bilan qayta tiklashni taklif qildi.
Kubok yarim finalidan o‘rin olgan “Yuventus”—“Milan”, “Napoli”—“Inter” uchrashuvlari 27 va 28-may kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda. A Seriya bahslari esa 31-maydan start olishi taxmin qilinmoqda. Uchrashuvlar tomoshabinlarsiz bo‘lib o‘tadi.

Klublar rahbariyati bu masalani 21-mayga qadar ko‘rib chiqadi va muhokama qiladi.

Elatib o‘tamiz, “Milan” va “Yuventus” o‘rtasidagi ilk bahs 1:1 hisobi bilan yakunlangan, “Napoli” esa “Inter”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.