- - Apple hamyonbop yangilangan iPhone SE’ni taqdim etdi

Apple hamyonbop yangilangan iPhone SE’ni taqdim etdi

Apple kompaniyasi “uyga” tugmasiga va bir dona kameraga ega o‘zining hamyonbop iPhone SE qurilmasini taqdim etdi, deb xabar beradi The Verge.
Mazkur qurilma xuddi iPhone 8’ga o‘xshaydi, biroq ancha zamonaviy tavsiflarga ega. Telefonga 4,7 dyuymli ekran, hamda Touch ID tugmasi o‘rnatilgan.

Shuningdek, iPhone SE’ning orqa tomonida f/1,8 diafragmali 12 megapikselga ega kamera joylashgan. Hozirda ushbu kamera bitta kamerali iPhone tizimlari orasida eng yaxshisi deb atalmoqda. Kamera portret rejimini, Smart HDR va 4K videolarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Old tomoniga esa 7 megapikselli kamera o‘rnatilgan. Yuqori sinf iPhone’lari bilan solishtirilganda iPhone SE’da tungi suratga olish, yuzni tanish va naushniklarda qaytarish rejimi mavjud emas. Smartfon chang va namlikdan himoyalangan. U bir metr chuqurlikdagi suvda yarim soatgacha tura oladi.

Shuningdek, iPhone SE’da Qi standarti bo‘yicha simsiz hamda tezkor quvvatlanish funksiyasi mavjud. Apple’ning ta’kidlashicha, qurilma 30 daqiqada 50 foizga qadar quvvatlana oladi, biroq buning uchun alohida adapter sotib olish kerak.

Yangi iPhone’lar uchun buyurtma 17-apreldan boshlab qabul qilinadi, 24-apreldan esa yetkazib berish boshlanadi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.