- - Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 325 bemorning 14 nafari og‘ir ahvolda deb baholanmoqda

Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 325 bemorning 14 nafari og‘ir ahvolda deb baholanmoqda

O‘zbekistonda 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalingan bemorlar soni 1349 nafarga yetgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda shundan 325 nafari Toshkent shahrida davolanmoqda (hududlarda ayni vaqtda davolanayotgan bemorlar soni 913 nafar). Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov “O‘zbekiston 24” telekanalida chiqishida ma’lum qildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti rahbariyatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, institut klinikasida davolanayotgan 100 nafar bemorning to‘rt nafarining ahvoli og‘ir, bir bemorning ahvoli nisbatan og‘ir, yana bir nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda. Davolanayotgan bemorlarning 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilmoqda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti rahbariyatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 101 nafar bemordan ikki nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 124 nafar bemorning olti nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.