- - Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 466 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 466 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 17 ta holat qayd etildi. 16-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 466 kishiga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha yangi holatlar Bishkekda — 5, O‘sh viloyatida — 1, Norin viloyaitda — 11 kishida aniqlangan.

Ayni vaqtda kasallarning asosiy qismi — 131 bemor O‘sh viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Undan keyingi pog‘onada 93 nafar bemor bilan Jalolobod viloyati o‘rin olgan. Issiqko‘l va Botken viloyatlarida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha tegishli ravishda 6 va 5 ta holat aniqlangan. Talas viloyatida esa COVID-19 bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

Infeksiyani yuqtirib olganlarning 251 nafari ayol bo‘lsa, 215 nafari erkaklar. Statsionarda 370 nafar fuqaro davolanmoqda. O‘tgan bir sutka ichida statsionardan COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 13 bemorga javob berilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanganlar soni 91 kishiga yetdi. Hozirga qadar mamlakatda COVID-19 oqibatida 5 kishi vafot etdi

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda pandemiya sabab 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilgan edi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, 1349 kishiga yetdi. O‘tgan bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, 107 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.