- - O‘zbekistonda xorijiy telekanallar retranslyatsiyasida vaqtinchalik to‘xtalishlar yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonda xorijiy telekanallar retranslyatsiyasida vaqtinchalik to‘xtalishlar yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonda 15-aprel kuni soat 2:00 dan 12:00 ga qadar sun’iy yo‘ldoshlarga telekanallar signallarini yetkazib beruvchi qurilmalarda rejali profilaktika ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, 44 tagacha xorijiy telekanal retranslyatsiyasida vaqtinchalik to‘xtalishlar yuzaga kelishi mumkin.

Qayd etilishicha, bu holat UzDigital-TV hamda “O‘zbekiston Kabel Televideniyasi” kompaniyalari orqali barcha kabel va IP-televideniye tarmoqlarida retranslyatsiya qilinadigan telekanallarga aloqador.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.