Главная - Новости - Britaniyada o‘n yillikning eng mashhur qo‘shiqlari nomi e’lon qilindi

Britaniyada o‘n yillikning eng mashhur qo‘shiqlari nomi e’lon qilindi

Buyuk Britaniyada o‘n yillikning eng mashhur qo‘shiqlari nomi e’lon qilindi, deb xabar beradi BBC.

Ta’kidlanishicha, reyting kompozitsiyalarning Britaniya radio va televideniyesida qanchalik ko‘p yangragani hisobiga tuzilgan. Shunday qilib, ro‘yxatning boshidan Farrel Uilyamsning Happy qo‘shig‘i o‘rin oldi. U “Jirkanch kamina 2” (Despicable Me) multfilmi uchun saundtrek sifatida ishlangan.
Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Adelning Rolling In The Deep qo‘shig‘i o‘rin oldi. Adel ikkinchi albomidagi aynan ushbu qo‘shig‘i sabab uchta “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritgan.
Kuchli uchlikka Maroon 5 guruhi va Kristina Agileraning Mover Like Jagger kompozitsiyasi yakun yasagan. Shuningdek, o‘n yillikning eng yaxshi qo‘shiqlari qatoridan quyidagi qo‘shiqlar ham o‘rin oldi:
  • Get Lucky — Daft Punk, Farell Uilyams va Nil Rojers ijrosida;
  • Can’t Stop The Felling! — Jastin Tiberleyk;
  • I Gotta Felling — Black Eyed Peas guruhi;
  • Uptown Funk — Mark Ronson va Bruno Mars ijrosida;
  • Counting Stars — One Republic kollektivi;
  • Forget You — Si Lo Grin;
  • Sen On Gire — Kings of Leon guruhi
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.