- - AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshdi

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshdi

AQSh hududida COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshib ketdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

15-aprel Toshkent vaqti bilan soat 9:45 holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 609 407 ta holat qayd etilgan. Virus oqibatida vafot etganlar soni 26 033 kishiga yetgan, 48 mingdan ortiq bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.
Koronavirus bilan bog‘liq og‘ir vaziyat Nyu-York shtati va shahrida kuzatilmoqda. AQShning ushbu yirik shahrida COVID-19 oqibatida 8 mingga yaqin odam vafot etgan. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Nyu-York qolgan subyektlardan katta farq bilan yetakchilik qilmoqda. AQShda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha Nyu-York shtatidagi to‘rtta subyekt old qatorlarda ketmoqda. Nyu-York shahridan tashqari, Nasso (1001 kishi), Saffolk (608) hamda Uestchester (596) okruglari o‘rin olgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 million kishiga yaqinlashib qoldi, qurbonlar soni 125 ming kishidan oshmoqda. Shuningdek, 485 ming kishi davolangan.
Avvalroq AQSh davlat kotibi koronavirus pandemiyasida aybdorlar javobgarlikka tortilishini ma’lum qilgandi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.