- - Qozog‘istonda virusga chalinganlar soni 1267 kishiga yetdi

Qozog‘istonda virusga chalinganlar soni 1267 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 6 ta holat qayd etilib, jami kasallar soni 1267 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.
Yangi turdagi COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha so‘nggi 6 ta holat Olmaota shahrida qayd etilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus oqibatida 14 kishi vafot etgan. Shuningdek, 203 bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Nur-Sulton — 291;
Olmaota — 370;
Qizilo‘rda viloyati — 124;
Atirau viloyati — 70;
Qarag‘anda viloyati — 80;
Oqmo‘la viloyati — 79;
Olmaota viloyati — 24;
Turkiston viloyati — 49;
Jambil viloyati — 49;
Oqto‘be viloyati — 12;
Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 26;
Chimkent — 40;
Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 8;
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 18;
Pavlodar viloyati — 11;
Ko‘stanay viloyati — 5;
Mang‘istov viloyati — 11 ta holat.
Avvalroq Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi uzaytirilgani haqida xabar berilgandi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.