- - Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 449 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 449 kishiga yetdi

Qirg‘izistonda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 19 ta holat qayd etildi. 15-aprel holatiga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 449 kishiga yetdi. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, “Kloop.kg” xabar berdi.

Kasallanish bo‘yicha yangi holatlar Bishkekda — 5, O‘sh shahrida — 12, Novqat tumanida —2 kishida aniqlangan.

Ayni vaqtda kasallarning asosiy qismi O‘sh (130) va Jalolobod (93) viloyati hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Issiqko‘l va Botken viloyatlarida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha tegishli ravishda 6 va 5 ta holat aniqlangan. Talas viloyatida esa COVID-19 bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan.

Infeksiyani yuqtirib olganlarning 244 nafari ayol bo‘lsa, 205 nafari — erkaklar. Statsionarda 366 nafar fuqaro davolanmoqda, 11 nafarining ahvoli og‘ir, ularning 7 nafari jonlantirish bo‘limida. O‘tgan bir sutka ichida statsionardan COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 7 bemorga javob berilgan. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan davolanganlar soni 78 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda pandemiya sabab 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilgan edi. O‘zbekistonda esa koronavirus bilan kasallanganlar soni 15-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, 1214 kishiga yetdi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.