Главная - Новости - “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani”: Koronavirusga qarshi umumiy kurashda birgamiz

“LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani”: Koronavirusga qarshi umumiy kurashda birgamiz


Koronavirus butun jahonni larzaga keltirib, barcha yangiliklarning asosiy mavzusiga aylandi. Virus infeksiyasi nafaqat insonlarning sog‘lig‘i, balki jahon davlatlarining deyarli hammasida iqtisodiyotning amalda barcha tarmoqlaridagi xo‘jalik subyektlarning faoliyatiga ham 1-darajali tahdid bo‘lib xavf solmoqda.

O‘zbekiston hukumati tomonidan xavfli virus ommaviy tarqalishining oldini olish uchun amalga oshirayotgan chora-tadbirlarini inobatga olib, “LUKOYL O‘zbekiston Opereyting Kompani” 24-martdan boshlab Toshkent shahridagi o‘z ma’muriy ofisining xodimlarini masofaviy ish rejimiga o‘tkazishni ta’minladi, 100% xodimlarga mobil moslamalardan va kompyuterlardan axborot resurslariga va tizimlariga masofadan kirish imkoniyatini yaratgan holda uyda to‘laqonli ishlash uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etdi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.