- - Pentagon koronavirus tabiiy usulda kelib chiqqaniga yetarli dalillar borligini bildirdi

Pentagon koronavirus tabiiy usulda kelib chiqqaniga yetarli dalillar borligini bildirdi

Pentagon COVID-19 koronavirusi laboratoriya sharoitida emas, tabiiy usulda kelib chiqqan deb hisoblamoqda, ammo razvedkada bu borada yakuniy xulosalar yo‘q. Bu haqda AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Mark Milli ma’lum qilgan.

Uning aytishicha, ayni paytda bu boradagi fikrlar hali yakuniy emas, ammo aksariyat dalillar virusning tabiiy usulda kelib chiqqanidan dalolat bermoqda.

Generalning aytishicha, bu mavzuda OAV, sayt va bloglarda juda ko‘p mish-mishlar tarqalmoqda. “Hech ajablanarli joyi yo‘qki, biz bunga katta qiziqish bildirdik va bu masalani jiddiy o‘rganib chiqish uchun ko‘p ma’lumotlarga egamiz”, — deya uning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.

Avvalroq AQSh davlat kotibi koronavirus pandemiyasida aybdorlar javobgarlikka tortilishini aytgandi.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 million 982 ming kishidan, vafot etganlar soni 126 ming kishidan oshdi. AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 600 ming kishidan oshib ketdi, O‘zbekistonda esa 1214 kishiga yetdi.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.