- - Xalqaro valyuta jamg‘armasi COVID-19 sabab dunyo iqtisodiyotining o‘ta og‘ir qulashini prognoz qildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi COVID-19 sabab dunyo iqtisodiyotining o‘ta og‘ir qulashini prognoz qildi

Xalqaro valyuta jamg‘armasi jahon iqtisodiyotining 2020-yilda 3 foizgacha qulashi mumkinligini taxmin qildi, bu 2008—2009-yillarda kuzatilgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davridagidan ham yomon ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin. Bu haqda XVJning “Jahon iqtisodiyoti kutilayotgan natijalar” (World Economic Outlook) hisobotida ma’lum qilingan.

Bazaviy ssenariyga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi 2020-yilning ikkinchi yarmida to‘xtasa va unga qarshi kurash bo‘yicha cheklovlar bosqichma-bosqich olib tashlansa, 2021-yilda dunyo iqtisodiyoti iqtisodiy faollik normal kechsa 5,8 foizga o‘sadi, buning uchun iqtisodiyotni siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash talab qilinadi.

XVJ prognozi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning qulashi yiliga 6,1 foizni tashkil etadi. Raqamlar AQShda 5,9 foiz, Germaniyada 7 foiz, Fransiyada 7,2 foiz, Italiyada 9,1 foiz, Ispaniyada 8 foiz, Yaponiyada 5,2 foiz, Buyuk Britaniyada 6,5 foiz, Kanadada 6,2 foiz bo‘ladi.


Rivojlanayotgan mamlakatlarda qulash ko‘rsatkichi 1 foizgacha bo‘lishi mumkin. Xitoyda 1,2 foizga, Hindistonda esa 1,9 foizga o‘sish kuzatiladi.

2020-yil yanvarida qilingan prognozlar bilan taqqoslaganda kutilayotgan natijalar yana ham yomonlashgan. Yanvarda XVJ 2020-yil uchun 3,3 foiz, 2021-yil uchun esa 3,4 foizlik o‘sishni bashorat qilgandi.

Jamg‘arma direktori Kristalina Georgiyeva XVJning jahon iqtisodiyotida Buyuk tushkunlik davridan ham yomonroq iqtisodiy oqibatlarni prognoz qilayotganini ta’kidlagan. Dunyoda hali kuzatilmagan inqiroz yuz berishi, COVID-19 ijtimoiy va iqtisodiy tartibni buzgani, endi insonlar tasavvuriga sig‘magan darajada katta hajmdagi yo‘qotishlar kuzatilishini aytib o‘tgan.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.