Главная - Новости - “Koronavirus chekuvchilar uchun o‘ta xavfli”. Rossiyalik tibbiyot fanlari doktori izohi

“Koronavirus chekuvchilar uchun o‘ta xavfli”. Rossiyalik tibbiyot fanlari doktori izohi

Tibbiyot fanlari doktori, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi rahbari Galina Kojevnikova COVID-19 koronavirusining chekuvchi insonlar uchun tamakidan yiroq yuruvchilarga nisbatan xavfliroq ekanligi sababini tushuntirdi.

Olimaning so‘zlariga ko‘ra, kasallikning o‘tkirlashgan davri alomatlari, ya’ni isitma chiqishi, ishtahaning yo‘qolishi, mushaklardagi og‘riqlar sigaret chekuvchi insonlarda boshqalarga nisbatan ertaroq kechadi. Yakunda ularning nafas yo‘llariga infeksiya tushgani ham yaqqol seziladi.


“Shu sababli chekuvchilar kasalxonaga ancha og‘ir ahvolda yetkazilmoqda”, — deya ta’kidlagan Kojevnikova “Zvezda” telekanaliga bergan intervyusida. Kojevnikova ushbu jarayon nafaqat sigaret, balki chilim, vayp chekuvchilarga ham taalluqli ekanini bildirgan.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.