Главная - Новости - AQShda 39 yil davomida ajoyib holda saqlangan “Niva” sotuvga qo‘yildi

AQShda 39 yil davomida ajoyib holda saqlangan “Niva” sotuvga qo‘yildi

Copart saytida ajoyib holda saqlangan qariyb 40 yillik “VAZ-2121” avtomobili sotuvga qo‘yildi, deb xabar beradi Autorambler.

Avtomobil 10 958 mil yurgan, biroq yo‘ltanlamas undan ham kamroq harakatlangan bo‘lishi mumkin, chunki uning odometrida mil emas, kilometr belgisi “km/h” ko‘rsatilgan.
Mazkur “Niva” keng o‘lchamli g‘ildiraklari va undagi qora arkalar hamda bamperidagi chig‘iri bilan ajralib turadi. Salon va motor qismi yaxshi saqlanib qolgan, biroq o‘rindiqlardagi charmning yorilgan joylarini ko‘rish mumkin.


Avtomobilga 76 ot kuchiga ega 1,6 litrli motor o‘rnatilgan bo‘lib, u to‘rt pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.
“Niva”ni sotib olishni istaganlar bugunoq harakat qilishi lozim — auksion tugashiga bir sutkadan kamroq vaqt qoldi. Saytda ushbu mashinaga so‘nggi bor 4,45 ming dollar taklif qilingan.


Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.