Главная - Новости - Rossiyada arzon benzinning importi bekor qilinishi mumkin. Mamlakat energetika vaziri ushbu taklif yuzasidan izoh berdi

Rossiyada arzon benzinning importi bekor qilinishi mumkin. Mamlakat energetika vaziri ushbu taklif yuzasidan izoh berdi

Rossiya energetika vazirligi mamlakatda neft mahsulotlarining importiga olti oy muddatga taqiq qo‘yishni taklif etdi, bunda ichki bozorga xorijning arzon benzini kiritilmaydi va ushbu qarordan ko‘zlangan maqsad ichki neftni qayta ishlash zavodlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu haqda energetika vaziri Aleksandr Novak “Rossiya-1” telekanalidagi ko‘rsatuvda ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Novakning aytishicha ushbu majburiy va bozor iqtisodiyoti sharoitlariga to‘g‘ri kelmaydigan chorani ko‘p mamlakatlar, jumladan, Qozog‘iston ham qo‘llamoqda. U yerda ham neft mahsulotlarini respublika hududiga olib kirish cheklab qo‘yilgan.


Biz ushbu cheklov orqali nеftni qayta ishlash sohamizni saqlab qolmoqchimiz, bu avvalo ishchi o‘rinlarini saqlab qolish demakdir, ish o‘rinlarining qutqarib qolinishi neftni ishlab chiqaradigan zavodlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlaydi”, — deya qayd etgan Novak.

Energetika vazirligining importni cheklash bo‘yicha taklifini soha bo‘yicha kompleks rahbari bosh vazir o‘rinbosari Yuriy Borisov ham qo‘llab-quvvatlagan.

Xabarlarga ko‘ra, taqiq yaqin kunlarda kuchga kiradi va bu aprel oyida sodir bo‘lishi kutilmoqda. Avvaliga kompaniyalarga bu haqda xabar qilinadi, so‘ngra hukumat qarori bilan cheklov me’yorlari belgilab qo‘yiladi, deb yozgan “RBK”. Taqiq vaqtinchalik bo‘ladi va sentabrgacha amal qiladi — ushbu davr davomida Energetika vazirligi prognozi bo‘yicha arzon narxlar saqlanib turadi.
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.