- - Avtokredit olgan va karantin paytida uni to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o‘zbekistonliklarga kredit ta’tillari haqida batafsil ma’lumot berildi

Avtokredit olgan va karantin paytida uni to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o‘zbekistonliklarga kredit ta’tillari haqida batafsil ma’lumot berildi

Avtokredit olgan va karantin paytida uni to‘lashda qiyinchiliklarga duch kelayotgan o‘zbekistonliklarga kredit ta’tillari haqida batafsil ma’lumot berildi


“Kredit to‘lovlarini kechiktirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar koronavirus pandemiyasi natijasida moliyaviy qiyinchilikka uchragan ham jismoniy shaxslar, ham tadbirkorlik subyektlari uchun ko‘zlangan. Tijorat banklari tomonidan kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirish ikki formatda amalga oshirilmoqda”, — deb ta‘kidladi u 11-aprel kuni AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Birinchi format

Prezidentning 3-apreldagi farmoni asosida, moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan yuridik va jismoniy shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlarga 2020-yil 1-oktabrga qadar kechiktirilishi hamda yakuniy to‘lovlar muddatlarini berilgan imtiyozli davrga mos ravishda uzaytirilishi.

Ushbu farmon bilan berilgan imtiyozlar aholi va tadbirkorlik subyektlarining qarz yukini keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslikka va natijada ularning kredit yukini kamaytirishga imkon yaratdi.

Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlik subyektlari pul oqimlari foiz to‘lovlarini qoplash uchun yetmagan taqdirda foiz to‘lovlarini ham kechiktirish bo‘yicha Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga tavsiyalar berilgan.

“Biroq, bu 6 oydan (2020-yil 1-oktabrdan) keyin imtiyozli davrda yig‘ilgan foizlar bilan birga to‘lanadi degani emas. Ya’ni, imtiyozli davrda hisoblangan foiz to‘lovlari yakuniy to‘lovlar muddatlarini uzaytirilganini hisobga olgan holda, to‘lov jadvalining qolgan davriga teng ravishda taqsimlanadi”, — deydi u.

Ikkinchi format

“Xabaringiz bor, deyarli aksariyat (24 ta) tijorat banklari o‘z tashabbusiga ko‘ra, jismoniy shaxslar kreditlari bo‘yicha to‘lov muddatlarini bir tomonlama keyingi 2—3 oy muddatga avtomatik tarzda kechiktirish (kredit ta’tili berish) haqida ma’lum qildi.

Bu nima uchun qilindi? Karantin rejimiga to‘liq rioya qilish maqsadida mavjud 2,4 million qarzdor-jismoniy shaxslardan arizalarni qabul qilib olishga hamda ular bankka tashrif buyurishiga jismonan imkoniyat bo‘lmagani sababli jismoniy shaxslarning kreditlari bo‘yicha to‘lovlar 2—3 oyga avtomatik tarzda kechiktirilib berildi”, — deydi Akmal Nazarov.

Markaziy bank departament direktori o‘rinbosarining aytishicha, albatta, “ushbu berilgan 2—3 oylik imtiyozli davr yakuni bo‘yicha ham qarzdor-jismoniy shaxsning moliyaviy holati va pul oqimlari tiklanmasa, unda nima qilish kerak?” degan tabiy savol tug‘ilishi mumkin. Shu o‘rinda, bir masalaga ahamiyat berish muhim — bu degani qarzdor-jismoniy shaxslar 6 oylik imtiyozga murojaat qila olmaydi degani emas.

Ya’ni, ushbu berilgan 2—3 oylik imtiyozli davr yakunlanganidan so‘ng qarzdor-jismoniy shaxsning moliyaviy holati va pul oqimlari tiklanmagan taqdirda, tijorat banklari o‘z ichki siyosati, moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib kreditlar bo‘yicha to‘lovlarni yana qo‘shimcha davrga (2020-yil 1-oktabrga qadar) kechiktirish masalasini ko‘rib chiqishlari ham mumkin.

Yuqorida qayd etilganidek, bu degani 2—3 oydan keyin (avtomatik ravishda kredit ta’tili bergan davr yakunlanganidan so‘ng) imtiyozli davrda yig‘ilgan foizlar bilan birga to‘lanadi degani emas. Ushbu foiz to‘lovlari proporsional ravishda to‘lov jadvalining qolgan davriga taqsimlanadi.

“Kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanishi lozim.

Shuning uchun, kelgusida qarz miqdorining oshib ketishini oldini olish maqsadida joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlar o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda davom ettirishlari mumkin”, — deya so‘zlarini yakunlagan Akmal Nazarov.
Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.