- - Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar 972 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar 972 kishiga yetdi

Qozog‘istonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 972 kishiga yetdi, deb xabar beradi Tengrinews.

13-aprel kuni Qarag‘anda viloyatida COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish bo‘yicha yana 11 ta holat qayd etilgan. Ayni vaqtda COVID-19 holatlari mamlakatning quyidagi hududlarida qayd etildi:

Nur-Sulton — 253;
Olmaota — 172;
Qizilo‘rda viloyati — 119;
Atirau viloyati —59;
Qarag‘anda viloyati — 76;
Oqmo‘la viloyati — 71;
Olmaota viloyati — 21;
Turkiston viloyati — 43;
Jambil viloyati — 46;
Oqto‘be viloyati — 11;
Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 25;
Chimkent — 38;
Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 6;
G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 9;
Pavlodar viloyati — 10;
Ko‘stanay viloyati — 3;
Mang‘istov viloyati — 10 ta holat.
Avvalroq Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida yashovchi koronavirus bilan kasallangan homilador ayolning ko‘zi yorigani, chaqaloqdan COVID-19 tahlili olingani haqida xabar berilgandi.


Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 13-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 896 kishiga yetdi. Mamlakatda koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq dastlabki holat qayd etilganidan beri 66 kishi sog‘aydi, to‘rt kishi (ikki ayol va ikki erkak) esa koronavirus sabab vafot etdi.

Плееры с фильмом для сайта онлайн кинотеатра
Комментарии (0)
Комментировать
Информация
Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.